Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.
Andijon tumanida 6 nafar erkak tomonidan dala shiyponida zo‘rlanganini aytgan 20 yoshli kelin tuhmat qilganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 2 yil-u 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Noyabrdagi jinoyat ishi appelyatsiyada ham ko‘rib chiqilgan va hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Andijon tumanida 4 ming gektar maydonda barpo etilayotgan yangi shahar qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Bu tarixiy voqea bilan, xayrli marosim bilan butun Andijon halqini chin yurakdan tabriklayman”, — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Andijon tumanida 20 yoshli kelinchak guruh tomonidan zo‘rlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorlar — olti erkak.
Andijon tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in chiqdi. 100 kv. m maydon, tom va shift yongan, 20 bemor evakuatsiya qilingan.
Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting